Yugurganing sari, qayerga degan savoldan imkon qadar uzoqlarga ketib qolsang. Gohida tafakkuringni ozgina bo'lsada toza havo bilan "shamollatib" turish lozim ekan. Bu juda uzoq vaqt esimdan chiqibdi, endi bilsam.
O'pkalasa, o'pkalar o'sha insonlar.. Hafa bo'lsalar ham mayli..
Nega endi buguning endigina yaraqlay boshlaganida, so'lg'in o'tmishingni eslatadiganlar ko'payadi?!
Bugundan sevinib, ertaning orzusida yashaganga nima yetsin? Orzular o'lmasin..
Akbar Toshtemirov
Follow your dreams and emotions! Don't let anyone stop you ...
Tuesday, April 28, 2015
Izlagan imkon topar balki...
Sunday, February 9, 2014
Adolf Gitlerning sirlari
Aloiza Hitlerdan ikki yoshga kichik edi. Adolf Hitler 1889 yilda tug‘ilgan, Aloiza (oilada uni Luiza ham deb chaqirishardi) 1891 yilning iyulida dunyoga kelgan. Oilalarini qarindoshlik iplari bog‘lab turardi. Har ikkala oila Avstriyaning shimolidagi Valdfirtel viloyatidagi dehqonlar avlodidan ildiz otgan: Hitlerning buvisi Mariya Anna va Aloizaning katta buvisi Josefa opa-singil bo‘lishgan.
Adolf 14 yoshida otasidan ajraladi, Aloizaning otasi bir yil o‘tib, qizi 12 ga to‘lgach vafot etadi. Hitlerlar oilasi Klagenfurt shahrida istiqomat qiladigan qarindoshlariga 1903 yili otalari o‘lganini to‘g‘risida xabar berishadi.
Shundan keyin oilalarning aloqada bo‘lganligi noma’lum. Ammo oradan o‘n yillar o‘tib uzoq qarindoshlarni taqdir yana bir bir-birlariga duch qiladi: 1940 yilning 6 dekabrida Aloiza Yuqori Avstriyadagi Xartxaym lagerida gaz kamerasida bo‘g‘ib o‘ldiriladi. Shaxsan fyurerning buyrug‘iga ko‘ra...
Kasallik tarixi
Kasallik tarixi
Bu sir pardasi endigina ochilgandek: federal arxiv Aloizaning kasallik tarixiga oid hujjatlarni ommaga ma’lum qildi. Aloiza shizofreniya – ruhiy xastaligi uchun o‘ldirilgan ekan. Milliy-sotsializmda esa bunday insonlarning yashashga haqqi bo‘lmagan. Ruhiy xasta Aloizaning qatliga shaxsan Adolf Gitler imzo chekkan yagona hukmdir.
Aloizaning o‘limidan keyin, oradan uch yil o‘tib, 1944 yili Genrix Gimmler “Fyurer devoni”ga keyinchalik qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan hujjatlarni jo‘natadi. Ularga “mutlaqo maxfiy” tamg‘asi bosilgan va shaxsan Gitler shaxsiga taalluqli edi. Gimmler “Fyurerning kotibi” Martin Bormanga hech kimga bildirmaslik sharti bilan “sog‘lom german millati fyureri” xususidagi afsonalarni chippakka chiqaradigan ma’lumotlarni beradi. Maxfiy hujjatda fyurer “avlodlaridan ba’zilari ruhiy xasta yoki mutlaqo jinni” bo‘lgani qayd etilgandi.
Gimmler haqiqatan ham Gitlerni yo‘q qilmoqchi bo‘lganmi?
Gitler vatandoshlaridan o‘zlari oliy irqdan ekanini isbot qiladigan ma’lumotlar talab qilgan. Shuningdek, qarindosh-urug‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham zarur bo‘lgan. Ammo uning o‘zi hech qanday ma’lumot bermagan. Xo‘sh, unda maxfiy hujjatlarni Bormanga yetkazgan Gimmler rostdan ham Gitlerni yo‘q qilmoqchi bo‘lganmi? Bu hokimiyat uchun kurashning bir usulimi?
Davlat tepasiga kelgan Hitler dastlabki kunlardanoq o‘zining kelib chiqishi haqidagi mish-mishlarga qarshi qattiq kurash olib borgan. 20-yillarda natsistlar partiyasining varaqasida Hitlerni “partiyani yahudiylarcha buzib yubormoqchi” degan ayb qo‘yilgan. 1931 yili Hitlerning jiyani Heli Raubal Myunxendagi uyida o‘z joniga qasd qiladi va shundan keyin unga oilasi va qarindoshlari haqida ochiq savollar berila boshlanadi. Gazetalar Polsha shahrida Hitler familiyali yahudiylar aniqlanganini yozsa, 1933 yil iyulida «Osterrayxishe abendblatt» gazetasi “Venada yahudiy Hitlerlar izi” nomli kattagina maqola va Venadagi yahudiy qabristonidan suratga olingan “Hyutlerlar” qabrtoshi suratini chop etadi. Fonetik yaqinlik qon-qarindoshlikni ham isbot qilishi kerak edi. Darvoqe, hozir ham Venadagi yahudiylar milliy birlashmasida oltita Hyutlerning dafn etilganini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud.
«Sizlar axmoqsizlar!»
30-yillarning boshida Hitlerning Buyuk Britaniyada istiqomat qiladigan jiyani Uilyam Patrik Hitler amakisi to‘g‘risida intervyular bera boshlaganida fyurer uni Germaniyaga chaqirib oladi. Jazavaga tushgan Hitler jiyaniga “Sizlar axmoqsizlar! Meni go‘rga tiqmoqichmisanlar? Qanchalik ehtiyotkorlik bilan matbuotchilardan kimligim va shaxsiy ishlarimni bekitganimni bilsalaring edi! Odamlar mening kimligimni bilmasligi kerak! Ular qanaqa oiladan ekanimniyam bilmasligi shart!” deb baqiradi. Ota-onasining Lints shahri yaqinidagi uyini qisqa muddatga ziyorat qilgan bo‘lsa, Valdfirteldagi Shpital qishlog‘ini biron marta ham borib ko‘rmagan.
Hitler hukumati vaziri Albert Shpeer o‘z esdaliklarida 1942 yili Shpital qishlog‘ida dohiy nomi bitilgan hurmat taxtasi haqida aytganida dohiyning nihoyatda jazavaga tushganini yozadi. Shpeer “Hitler dahshatli jazavaga tushib, baqirib Bormanni huzuriga chorladi va u (Borman) qaltirab kirib keldi. Hitler unga tashlanib, bu joyning nomini ham atamasliklarini necha bor aytganini, bu eshak (yana Borman) allaqanday taxtani osib qo‘yganini aytdi. Taxtani zudlik bilan olib tashlashni buyurdi”.
1932 yil 22 fevralda Yozef Hebbels Hitler nomzodini Germaniya prezidentligiga ko‘rsatadi. Hitler 36,8 foiz ovoz oldi. Uning hukumatga kelishi ozchilikni tashkil qilganlarning reyxskantsleri lavozimidan boshlandi.
Shu vaqtdan yahudiylarni jamoat hayotidagi ishtirokini kamaytirish, ruhiy xasta va jismoniy nuqsonli kishilarni majburan sterilizatsiya (bichish, axta qilish) qilish kampaniyasi boshlandi. Oradan to‘rt yil vaqt o‘tib dohiy kasallarni ommaviy qirg‘in qilish to‘g‘risida maxfiy hujjatga imzo chekdi. 1939 yil 1 sentyabrda esa Ikkinchi jahon urushi boshlandi.
1940 yili Aloiza o‘ldirilgandan keyin o‘ziga qarshi ma’lumotlardan qutulganiga amin bo‘lgan Hitler o‘zini hukumatning eng yuqori cho‘qqisida his qiladi.
«To‘liq g‘alabadan» ruhlangan dohiy va uning atrofidagilar Adolf Hitlerni «yangi da’vatchi» deya e’lon qilishni rejalashtiradi. Shunda yana eski muammo o‘rtaga chiqadi: «Qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, zo‘r targ‘ibot-u tashviqot va hatto afsonalar bilan bo‘lsada dohiyning kelib chiqish tarixini berkitish kerak edi».
Shiklgruberlar avlodi va qarindoshlari Uchinchi Reyxda rasman ishtirok etmagan. “Biz uning uchun yo‘qdek edik”, - deb xotirlaydi Hitlerning jiyan nabirasi Yoxan Shmidt 2003 yil Avstriyaning Profil jurnaliga bergan intervyusida. U bilan Hitlerning yana to‘rt qarindoshi urush tugagandan keyin sovet razvedkasi tomonidan qamoqqa olinadi. Hitlerning amakivachchasi Eduard Shmidt Moskvada so‘roq paytida umurtqa pog‘onasi juda kasalligi va bir tomonga qiyshayganini aytadi. Amakivachchasi unga uy sotib olishi uchun 8000 reyxsmarka sovg‘a qilganini bildiradi. Hitlerdan marhamat ko‘rganlikda ayblangan bechora Shmidt turmaga tashlanadi va shu yerda vafot etadi. Shunday qilib Yoxan Shmidt Hitlerga bevosita qarindosh bo‘lgan yagona tirik shohiddir.
Adolf Hitlerning opasi
1936 yili Hitler opasi Pauluni Garmishda o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlariga taklif qiladi va unga familiyasini Volf qilib o‘zgartirib, imi-jimida yashashga buyruq beradi. Hitlerning maxfiy buyrug‘iga ko‘ra unga oyiga 500 reyxsmarka nafaqa belgilanadi. Qamoqqa tushmasligiga ham birinchi sabab, uning Volf xonimligi bo‘lsa, ikkinchidan 1945 yilda Berlindan Quyi Avstriyadagi Berxtesgaden shaharchasiga ko‘chirib o‘tkazilgani bo‘ldi. Bu yerda Paulu Hitler qazosi yetgunga, 1960 yilga qadar “Volf xonim” sifatida yashaydi. Uning Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin qochgan natsistlar bilan aloqalari to‘g‘risdagi hujjat yaqin orada e’lon qilinsa ham kerak. Pauluning Berxtesgadendagi qabri haligacha sobiq SS zobitlari to‘laydigan pul evaziga saranjom-sarishta holda saqlanmoqda. Hatto bir SSchi zobit o‘lganidan keyin uni aynan shu qabristonga qo‘yishlarini vasiyat ham qilgani haqida hujjatlar mavjud.
"Hurriyat" gazetasidan olindi.
Thursday, June 13, 2013
Tanqidga uchragan minora dovrug‘i
Gustav Eyfel |
Hozirgi kunda qizlarga qaysi shaharga borishni yoki qaysi shaharni bir marta bo'lsa ham ko'rishni orzu qilasan desangiz albatta PARIJ deyishadi. Nima uchunligini aniq bilmadim-u lekin ko’pchiligimiz Fransiyaga borishni, Fransiya bo‘lganda ham Parij shahriga borishni, Parij bo‘lganda ham Eyfel minorasiga borishni va undagi liftlarning har biriga kirib, ulkan shaharni yuqoridan qayta-qayta tomosha qilishni niyat qilishimiz bu albatta tabiiy! Nega endi shu temir-tersakdan qurilgan minora insoniyatni shunchalik o’ziga jalb qiladi? Qanday qilib u Fransiya davlatining ramziga aylandi? Bu savollargar javob topishdan oldin tarix zarvaraqlarini bir titkilasak…
O’n to‘qqizinchi asrning eng ilg‘or me’morlaridan biri fransiyalik Aleksandr Gyustav Eyfel (1832-1923 y.y.) ijodiga mansub bu nodir asar Mars maydonida, aniqrog‘i, Sena daryosi ustiga qurilgan ulkan Yens ko‘prigi qarshisida qad rostlagan.
Odamlarni hayratga solishning yo‘llari ko‘p. Mashhurlikni, shon-shuhratni istagan kishilar azaldan bunday g‘ayrioddiy ko‘rinadigan yumushlarga qo‘l urib, uddalay bilsalargina do‘ppisini osmonga otishgan.Ulkan temir minora tiklab, o‘z vaqtida butun dunyoni lol qila olgan Aleksandr Gyustav ulardan farqli o‘laroq nom qozongunicha ko‘plab yirik-yirik "noodatiy" qurilishlarda, olamshumul loyihalarda faol ishtirok etishni odat qildi.
Parij shahridagi San’at va hunarmandchilik markaziy maktabida tahsil olgan arxitektor (1855 y.) avvaliga turli ko‘prik qurilishlarida chizmachilik ishlari bilan band bo‘ldi, yurt kezdi. Xorijdagi xalqlarning milliy hunarmandchilik maktablari bilan yo‘l-yo‘lakay tanishdi, bu o‘z navbatida tajriba to‘plashda Gyustavga qo‘l keldi. U metall konstruksiyalaridan foydalanib, ko‘priklar, viaduk (teshik, yo‘l ustidan o‘tgan ko‘prik) va boshqa inshootlarning loyihasini chizishga astoydil kirishgandi.
Fransuz me’mori uch-to‘rtta shov-shuvga sabab bo‘lgan loyihalarda ishtirok etib, tilga tushdi. Masalan, u faoliyati davomida Portu shahridagi Doru daryosiga o‘rnatilgan Ponte de Dona Mariya ko‘prigi, Bordo va Tarabi ko‘priklari, Budapesht vokzalini bog‘lovchi ko‘prikda o‘z uslubini shakllantirgan bo‘lsa, vaqtida butun dunyoga ovoza bo‘lgan Panama kanali qurilishida juda faol qatnashib, fransuz hukumati e’tiborini tortishga erishdi. Gyustav bulardan tashqari, janubiy Fransiyada balandligi 122 metrni tashkil etgan temiryo‘l viadugini (de Garabi) loyihaladi. Amerika zaminiga go‘yo "bir qo‘lida kitob - ilmu ma’rifat, erk va bir qo‘lida mayoq - ezgulik ziyosi olib kelgan" Ozodlik haykalining temir karkasi tayyorlanishida ham Aleksandr Gyustav o‘zining qimmatli g‘oyalarini hamkasblari bilan baham ko‘rdi.
U Nitsa shahridagi rasadxonaning 100 tonnaga yaqin aylanuvchi qubbasini bor mahoratini ishga solgan holda gavdalantirdi, shunda fizikaning aerodinamika hodisasini batafsil o‘rganishga qaror qilgandi. Qisqacha aytganda, u hayoti mobaynida bir ko‘rishda kishining aqlini shoshiradigan yuzlab inshootlarning shaklini qog‘ozlarga muhrladi.
Fransiya mamlakati rahbarlari 1789 yilda bo‘lib o‘tgan Inqilobga yuz yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yubileyni Butunjahon ko‘rgazmasi tashkil etish orqali yer yuzi bo‘ylab keng nishonlashga qaror qilishdi.
Buning uchun birinchi navbatda sayyoraning turli burchagidan kelgan millionlab
sayyohlarga ko‘rsatib, e’tiborini tortish uchun arzigulik biror mo‘jiza yaratish
masalasi ko‘ndalang turardi. Bu masala Parij shahar hokimiyati zimmasiga yuklatildi.
Ular Eyfeldan yordam so‘rab murojaat qilishdi. Aytarli uzoq vaqtga cho‘zilmagan izlanishlardan so‘ng Aleksandr taxminan 300 metrlik temir minoraning chizma variantini aks ettirdi. 1884 yilning 18 sentyabrida muhandis Gyustav o‘z hamkorlari bilan ushbu yangi loyihani jonlantirish maqsadida patent oldi va ishga jiddiy kirishdi. Ammo uni o‘sha zahotiyoq qurishning imkoni topilmadi, chunki bu loyiha juda katta kuch va mablag‘dan tashqari, eng zamonaviy texnologiyalarni (o‘sha davrdagi) qo‘llashni talab qilardi.
Oradan ikki yil o‘tib ketdi. Bahonada Gyustav loyihasini takror-takror isloh etib, oldingi dunyoviy inshootlardagi eng yuksak tajribalarni mujassamlashtirgan holda turli shakllar bilan boyitib oldi.
1886 yilning 1 may kuni esa hukumat tomonidan mahalliy usta-me’morlar o‘rtasida Inqilob natijasida farang milliy qadriyatlarining zamonaviy madaniyat bilan uyg‘unlashgan ramzini aks ettirgan loyihalar tanlovi e’lon qilindi. Belgilangan muddat ichida jami 107 ta loyiha ko‘rib chiqildi va ularning ichida eng sarasi ajratildi. Bu - Aleksandr Gyustavning tafakkuri sarchashmasi bo‘lmish loyiha ya’ni Eyfel minorasi edi.
Eyfel g‘olib chiqqach, ilk mukofotni olarkan: "Fransiya 300 metrlik bayroqdor minori bo‘lgan yagona davlat bo‘lajak!", - degandi. U so‘zlarining ustidan chiqdi. 1887 yilning 28 yanvaridan ishga kirishgan jamoa 1889 yilning 31 mart kuni minorani mutasaddilarga topshirdi. Muhandislik ishlarini muvaffaqiyatli olib borishda unga do‘stlari: Moris Kyoxlen va Emil Nug asosan texnik jihatdan yordamlashishgan bo‘lsa, binoning estetik zavq beruvchi shakllarini badiiy ijodkorligi borasida tengsiz bo‘lgan me’mor Stef Sovestr amalga oshirdi.
Ulkan bunyodkorlik ishida 300 nafar ishchi kuchidan foydalanildi, shakllarning har biri aniq, xavfsiz va chidamli bo‘lishini ta’minlash uchun 12 000 ta metall detallar ishlatildi. Ularni bir-biriga payvandlash uchun 2,5 million parchin ishlatildi. Umumiy vazni 10 ming 100 tonna (shundan 7,3 ming tonnasi metall konstruksiyalari), quyi qismi kvadrat piramida shaklida, tumshug‘ida mayoq va pavilon, yuqori qismida 1,7 metrli maydoncha bo‘lgan bahaybat inshootni tiklash va boshqa xizmatlar uchun 7,8 million frank sarflandi.
Minoraga o‘rnatilgan dastlabki ikki lift gidravlik nasoslari orqali ishlatilgandi. Ammo ulardan qahraton qish kunlari foydalanishning iloji bo‘lmasdi, shunga qaramay, bu keksa liftlar 1983 yilgacha, ya’ni elektrodvigatelli liftlar o‘rnatilgungacha tomoshabinlar ehtiyojiga xizmat qildi. Ulardan hozirda ham foydalaniladi, boisi tarixni his qilish, XIX asr ilmu fani bilan yaqindan tanishish uchun bu liftlarga minib, yuqoriga ko‘tarilishning zavqi bo‘lakcha. Liftga chiqishdan qo‘rqadiganlar esa, 1792 ta zinadan hatlab ham maqsadiga yetishishi mumkin. Mustahkam beton massivli poydevorlariga maxsus prujinali moslama - poyafzal «kiydirilgan». Shuning uchun inshootning xavfsizligi jihatidan tashvishlanishga hojat yo‘q: eng kuchli bo‘ron (180 km/soat) qo‘pgan taqdirda "temir xonim" 18 santimetrgacha tebranishi mumkin, xolos.
Bino foydalanish uchun topshirilgandan boshlab olti oy ichida 2 million tomoshabinni o‘ziga jalb qilgan bo‘lsa-da, Fransiyaning 300 nafar adib, rassom va bastakori shahar munitsipalitetiga shikoyat qildi. Eng qizig‘i, ularning orasida Gi de Mopassan, Aleksandr Dyumaning o‘g‘li va kompozitor Sharl Guno singari mashhur kishilar ham bor edi. Ularning fikricha, bu "qo‘pol va naynov", "foydasiz mo‘‘jiza", "bachkana temir-tersak uyumi" insonlar qalbida ezgulikka, noziklikka bo‘lgan havasni so‘ndirib, toshbag‘ir qilib qo‘yar emish. Shu taqlid 1887 yildan to 1907 yilga qadar shahar ziyolilari Eyfel minorasini qoralab, uni Parij ko‘rkiga tushgan dog‘ sifatida ta’riflab kelishdi.
1898 yilda Ejen Dyukret Eyfel minorasi va Panteonning 4 kilometrlik oralig‘ida birinchi telegraf aloqasi seansini o‘tkazdi. 1903 yilda general Ferre simsiz aloqa bo‘yicha tajribalar o‘tkazdi va bu narsa "temir inshoot"dan harbiy maqsadlarda foydalanish boshlanganiga ishora edi. 1906 yildan boshlab, u qurilgunga qadar, dunyodagi eng bo‘ychan binolardan hisoblangan Xeops piramidasi (137 m.), Kyolns (156 m.) va Ulms (161 m.) cherkovlaridan deyarli ikki marta baland inshootda muntazam radiostansiya faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 1921 yilda birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri radioeshittirish efirga uzatildi, uning keng jamoatchilikka sifatli yetib borishini ta’minlash maqsadida minora tepasiga maxsus antenna o‘rnatildi. 1922 yilda "Eyfel minorasi" deb nomlangan radiodastur tashkil qilindi.
1925 yilda ilk televizion signal orqali retranslyatsiya qilishga urinishlar boshlandi va 10 yildan so‘nggi taraqqiyot mahsuli - doimiy teledasturlar ham omma e’tiboriga havola qilindi.
1940 yilda fransuz armiyasini tor-mor keltirgan gitlerchilar o‘z bayrog‘ini Eyfelning eng yuqorisiga tikishga kirishadi, biroq har safar kuchli shamol bayroqni yulqib ketavergach, omadsiz natsistlar matolarini minoraning quyi qismiga ilishdi. Shu voqelikdan so‘ng mahalliy aholi orasida: "Gitler Fransiyani yenggan bo‘lishi mumkin, lekin Eyfelni zabt etolmadi!", - degan iboralar aforizmdek og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurdi. Bu gap-so‘zlar fyurerning qulog‘igacha yetib bordi va qattiq jazavalangan Adolf 1944 yilda Parij harbiy gubernatori general Ditrix fon Koltitsga Eyfel minorasiga qo‘shib boshqa diqqatga sazovor obidalarni ham tag-tugi bilan yo‘qotishni buyurdi. Fransuz xalqi va umuminsoniyat baxtiga fon Koltits bu topshiriqni bajarishga unamadi. Fon Koltitsning baxtiga oradan bir necha soatlar o‘tib, poytaxtdan nemis harbiylari haydab chiqarildi...
1957 yilda minoraga 20,75 metrlik po‘lat konstruktsiya, parabolik antenna va bir necha o‘nlab aloqa tizimlari o‘rnatilib, to‘liq televizion minoraga aylantirildi.
Eyfel minorasining birinchi yoritkichlari 10 mingtani tashkil qilgan bo‘lib (1887 y.), ular gaz yordamida nur taratardi. Bundan tashqari, ikkita projektor va mayoq ham uning tungi libosi vazifasini o‘tadi. Chiroqlar Fransiya bayrog‘idagi ko‘k, oq va qizil ranglarda tuslanardi. 1900 yilda xira nurlanuvchi elektr chiroqlari, 1985 yilda esa tilladek tovlanuvchi charog‘on chiroqlar minoraga yangi hayot bag‘ishladi.
1925 yildayoq Andre Sitroen "Alangadagi Eyfel minorasi" deb nomlangan reklamasi uchun 125 mingta elektr lampochkasi sarfladi. Ular ommaga minora silueti, yulduzli yomg‘ir, uchar kometa, burj belgilari, inshoot qurilgan yil, amaldagi sana va albatta, Sitroen familiyasi kabi jami o‘nta ma’lumotni yetkazardi. 1934 yilga qadar davom etgan ushbu reklama tufayli Eyfel uzoq vaqt dunyodagi eng qimmat reklama joyi bo‘lib turdi.
Eyfel qurilgandan so'ng sayyohlarning kelishi |
Eyfel minorasining turli qismlari bir necha bor yong‘inda qolgan, ikkinchi jahon urushida jiddiy zarar ko‘rgan bo‘lishiga qaramay, hamon odamzotni hayratda qoldiradi. U inson bolasining eng qo‘pol, eng ko‘rimsiz xom ashyolardan ham bebaho san’at asari yarata olish qobiliyati borligini eslatib turadi...
Friday, June 7, 2013
Ilm pulga sotiladimi?
Xo‘sh, biz ilm deganda nimani tushunamiz? Ma’lumki, dunyo boshidan
oyog‘igacha — jumboq. Ana o‘sha jumboqlar eshigiga tushadigan kalit ilmdir. Bu
kalitga ega bo‘lmoq uchun esa odam bir qadar poklanmog‘i joiz. Mabodo, ilm
ishiga pul aralashsa, mazkur holatning o‘zi zalolat botqog‘i tomon yetaklamog‘i
bor gap. Zalolat inson bolasini o‘zligidan mosuvo qiladi. Mamlakat inqiroz jari
yoqasiga yaqinlashadi. Alhol, elu yurt taqdirini olimlar belgilaydilar.
Hadisi sharifda, olimlar payg‘ambarlarning vorisidir, deb bejizga
aytilmagan. Ilm kishilari mol-dunyoga mayl qo‘ydimi, shu asnoda o‘z
vazifalarining teskarisini bajara boshlaydilar. Ya’ni xalqni gumrohlik sari
yetaklashadi.
“Jahon adabiyoti” taxlamlarini varaqlab o‘tirib, “Ko‘lankadagi Rossiya” (2003 yil, 5-6-son) sarlavhali maqolaga ko‘zim tushib qoldi. Maqolada quyidagi gaplar diqqatimni tortdi: “Agar institutlarning o‘qituvchilariga maosh to‘lanmasa ham hechqisi yo‘q — ular, baribir, ishga qatnayveradilar, chunki ularning ta’magirlik va poraxo‘rlik bilan topadigan mablag‘larining manbai bitmas-tuganmasdir. Shuni ham aytib qo‘yayki, mening tanqidiy mulohazalarim, birinchi navbatda gumanitar fakultetlarga taalluqli. Texnikaviy va boshqa fakultetlarda vaziyat o‘zgacha bo‘lishi ham mumkin, lekin bu o‘zgachalik ko‘lankadagi o‘qituvchilik faoliyatining ko‘lamiga aloqador bo‘ladi, xolos”.
Ozod Obid tarjimasida e’lon qilingan mazkur maqolada poraxo‘rlik, ta’magirlik sistemasining “qurilishi”, ish jarayoni asosli dalillar vositasida fosh etiladi: “...Hozir abiturientlarning ota-onalari repetitorlarga shunchaki mashg‘ulot o‘tagani uchun emas, oliy o‘quv yurtiga kirishga kafolati uchun haq to‘lashga tayyorlar. Ayni ana shu kafolat pulga arziydi. (Ba’zi bir o‘quv yurtlarida repetitorlik uchun alohida pul olishadi, institutga kirish uchun alohida olishadi, chunki bu repetitor kirish imtihonlari tarkibiga kirmay qolishi (mumkin), bunday hollarda repetitor hamkasabalari bilan bo‘lishishga majbur bo‘ladi). Amalda har bir fakultetda “faol” o‘qituvchilarga institutga olib kirishi lozim bo‘lgan abiturientlarning miqdori avvaldan belgilab qo‘yiladi...”
Demak, bu hali poraxo‘rlikka asoslangan mashina g‘ildiragining ilk siljishi ekan. Undan so‘ng esa “... har qaysi sessiya davrida sovg‘a-salomlar tuhfa etish jarayoni boshlanadi. Buning natijasida davlatning ta’lim tizimida uchiga chiqqan poraxo‘r va bu jinoyat uchun deyarli jazolanmaydigan o‘qituvchilar guruhi paydo bo‘ladi, oqibatda ikki pulga qimmat mutaxassis yoshlar yuzaga keladi. Bunday yoshlar ko‘lankadagi iqtisodiyot bobida birinchi saboqlarni oliy o‘quv yurtida oladi”.
Yuqoridagi iqtiboslarni bejizga keltirmadik. Boisi, bu qabildagi “ko‘lankadagi tadbirkorlik” faqatgina Rossiya oliy ta’lim tizimiga xos emas, balki ayni vaqtda sobiq ittifoqdosh respublikalarning aksariyati aynan o‘sha illatni boshdan kechirayotir.
Tarixdan ma’lum — jadidlar jamiyatdagi islohotlarni zamonaviy usuldagi maktab va oliy ta’lim tizimidan boshlaganlar. Iqtidorli bolalar tanlab olinib, homiylik asosida xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborilgan. Gohida ularni mahalliy boylar pul bilan ta’minlab turishgan ham. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakat obodligi edi. Ha, aynan ilm vositasida mamlakat gullab-yashnaydi. Chunki hamma narsani kadrlar hal qiladi. Kadrlarni esa oliy o‘quv yurtlari yetishtirib beradi.
Rossiya oliy ta’lim tizimi nuqsonlariyu, xorijiy mamlakatlardagi ilg‘or yutuqlarni chekkaga surib qo‘yib, o‘zimizdagi manzaralarga bir qur nazar tashlaylik. So‘z avvalida misol keltirmoqchiman. O‘z sohasining professori, taniqli iqtisodchi olim bilan anchadan beri tanishman. U kishi san’at, adabiyot shaydosi. Shu boisdan tez-tez muloqotga kirishib turamiz. O‘sha inson hojatbarorligi bilan ham tanilgan. Birov nimanidir iltimos qilsa, yo‘q deya olmaydi. Kunlardan bir kun yo‘l-yo‘lakay falon institutga kirib o‘tadigan bo‘ldik.
— Yaqinda Xorazmga borib keldim, — dedi u, falonchi (vohada ancha taniqli odam — mual.) qattiq iltimos qilib yubordi. O‘g‘li sessiya imtihonlarini topshira olmabdi — yordam kerak ekan...
Iqtisodchi akamiz umr bo‘yi halol yashab kelayotgan odam. Birovdan bir so‘m ta’ma qilganini eslolmayman. Lekin ichkilikka sal ishtiyoqmand — qizishib olgach, bahsu munozaraga kirishib ketadi. Iltimos qilgan boyvachcha nari borsa quyib bergandir... Xullas, ikkovimiz institut sari yo‘l oldik.
Har xil talabalarni ko‘rganmiz. Lekin... institut eshigi yonida o‘ziga bino qo‘yib, bashang kiyingan talabalarga ko‘z tushgach, masala mohiyatiga yetganday bo‘ldim. To‘g‘ri, ularning orasida ilmga ishtiyoqmandlari ham bordir. Ammo takabburona qadam tashlashlar talabaning kimligini fosh etib turganday go‘yo...
Ancha domlalar hojatbaror akamizning shogirdlari ekan. Quyuq salom-alikdan so‘ng maqsadga ko‘childi.
— Bahosini qo‘yib beraman, — deydi domla peshonasi tirishib. — Bir-ikkita darsga qatnashsin axir?! Mashg‘ulotlarga umuman kelmaydi. Qaerda yallo qilib yurishini xudo biladi?!
Ikkovlon o‘sha boyvachchaning o‘g‘lini izlab ketdik. Otasi poytaxtdan shinamgina uy sotib olib bergan ekan. Yonida onasi parvona. Kamtaringina juvon. O‘g‘il esa uyali telefonni qo‘ldan qo‘ymaydi. Hech kim bilan gaplashgisi yo‘q.
— Domlalaringni taniysanmi o‘zing, — dedi hojatbarorning jahli chiqib. O‘g‘il “yo‘q, tanimayman” dedi. Qarang, rostdan ham mashg‘ulotlarga qatnashmas ekan. Domlalar umuman darsda ishtirok etmaydigan talabaga baho qo‘yishdan og‘rinadi-da, axir?
Ilmga mehri yo‘q uning. Pul bor, mol-dunyo bisyor. Erkatoylik shu darajadaki, bobosi tengi odamni, taniqli olimni nazariga ham ilmayapti. Bu o‘z navbatida o‘sha boyvachcha shaxsiyatining inqirozi emasmikan?
Yaqinda bir maqola o‘qidim. AQShga safar qilib kelgan telejurnalist ummon orti davlatlaridagi oliy o‘quv yurti haqida mulohaza yuritibdi. O‘sha o‘quv yurti xususiy ekan. Ya’ni bir milliarderniki. Xotini mazkur oliygohda o‘qituvchi bo‘lib ishlarkan. Ularning yakka-yu yolg‘iz o‘g‘li xuddi ana shu universitetga uch yildan beri hujjat topshirib, kirolmayotgan ekan. Qarang, ota bir og‘iz gapirsa — hamma ish hal bo‘ladi-qo‘yadi. Biroq ota kirish imtihonlariga aralashmagan. O‘zbek jurnalisti buning boisini so‘raydi. “Mening shaxsiy manfaatimdan Amerika manfaati ustunroq” deya javob qaytaradi milliarder ota.
Yana bir misol. “O‘qituvchi” nashriyotida Doimo Rahmonbekova degan musavvir xizmat qilgan. 1989 yilda u turmush o‘rtog‘i bilan birga — uyam rassom — Parijga yo‘l oladi. Dastavval iqtisodiy jihatdan birmuncha qiynalishadi. So‘ng shaxsiy ko‘rgazmasini ko‘rgan frantsuz boylaridan biri san’atiga oshufta bo‘lib qoladi va ularga homiylik qila boshlaydi. O‘sha boyvachchaning besh farzandi bor ekan-u, bolalariga parvo qilmaskan. Farzandlari norozi qiyofada ota huzuriga kirishibdi. “Men bu boyliklarni o‘zim ter to‘kib topganman. Sizlarga bir tsent ham bermayman. O‘zlaringiz mehnat qilinglar. Lekin talantli kishilarni rag‘batlantiraman. Talantli odamlarga albatta homiylik qilmoq joiz. Negaki, talantni ro‘yobga chiqarish nafaqat bir millatga, butun bashariyatga foyda keltiradi”, debdi ota.
Tabiiyki, bolalar avvaliga biroz ranjishgan. Keyin esa pul topish yo‘lini izlab ketganlar. Va nihoyat otaning naqadar haqligi isbotini topgan: uyli-joyli bo‘lishgach, farzandlar otaga minnatdorchilik bildirishadi. Mabodo ota bolalarini moddiy jihatdan to‘la ta’minlab qo‘yganida edi o‘sha yoshlar pulning qadriga yetishmasdi, yetuk shaxs sifatida shakllanmas edi. Mana sizga turmush falsafasi!
Bizda qanaqa? Farzandni boqishdan tortib, o‘qishigacha, uyli-joyli qilishgacha ota-ona gardanida. Bola aqlini taniganidan keyin ota-onasini shu ishga majbur, deb o‘ylaydi va unda yashash uchun kurash salohiyati shakllanmay qolaveradi.
Yuqorida zikr etilgan frantsuz milliarderi haqidagi hikoyani menga Doimoning onasi, taniqli pedagog olima Qumri Abdullaeva hikoya qilib bergan edi. “Qizimizga homiylik qilgan odam rafiqasi bilan Toshkentga keldi. Minnatdorchilik tariqasida uyimizga taklif qilgandik — bunaqa narsalarga e’tibor qilmas ekanlar. Mehmonxonada turishdi. Tinmay sayohat qildilar — hatto Orol bo‘ylarigacha”, — deydi opa. Frantsuzlarning hayot tarzi shunday: ular Aql va Vaqtning qadriga yetishadi.
Ilm bilan pul aralashdimi, bu millat inqirozining bir nishonasi. Qush uyasida ko‘rganini qiladi, deydilar. Bolalik davrlarimizda o‘qituvchilarning non yeyishini tasavvur etolmas edik. Nazdimizda o‘qituvchi farishta edi. Ana shuning uchun ham ideal inson sifatida o‘qituvchini tanlaganmiz. Ma’lum darajadagi haqiqatparvarligimiz shu ideal xosiyatidandir.
Bugungi kunda ham shundaymikan? Goho ochiqchasiga ta’magirlik qilayotgan muallimlar haqida eshitamiz. Biz o‘qigan paytlarda ba’zi o‘qituvchilar hatto bayram arafasida yozgan otkritkalarimizni ham qaytarib berishardi. “Buning o‘rniga daftar ol, o‘chirg‘ich, qalam ol — o‘zing uchun ishlat”, deya koyishardi. Hozir-chi? Remont uchun — pul. Parda uchun — pul. Supurgi uchun, gul uchun — pul. Ziyofatlar uchun... Muallimlarga esa alohida sovg‘a-salom... Axir, bunaqa alfozda jajji farzandlarimiz idrokida “hamma narsani pul hal qilarkan-da”, degan tushuncha muhrlanib qolmaydimi?
Oliy o‘quv yurtlarining ba’zilarida esa ta’magirlik urf tusini olgan. Ayniqsa, sessiya imtihonlari mahalida ayrim domlalarning ko‘zida nafs uchqunlari yolqinlanadi. Bir hamkasbimiz hikoya qiladi: “falon institutda ona va qiz talabalarga saboq berarkan. Imtihonni qizi oladigan bo‘libdi. Qo‘lida uyali telefon. Sovg‘a-salom ochiqchasiga... Qiz onasiga sim qoqarmish: “Aya, bir student kofeynik obkepti, bahosini qo‘yaveraymi?” Ona “kofeynik uyda tiqilib yotibdi. Boshqa narsa opkesin. Bahosini qo‘yma!” — dermish”.
Afsuski, bu gap latifa emas. Yana bir o‘quv yurtida esa imtihon pul bilan narxlanarkan. Talabalardan biri “Men sinovga yaxshi tayyorlanganman. Menam pul berishim kerakmi?” desa domlasi “senga l’gota bor — sal kamroq to‘laysan”, dermish. Buni ham to‘qib chiqarishmagan, albatta.
Sal “insofliroq” domlalar esa ta’magirlikning niqoblangan shaklini o‘ylab topishibdi. Avval talabani imtihondan yiqitisharkan. So‘ng esa “repetitor yollab, tayyorlansang bo‘lmaydimi?” deyisharkan. Talaba “Kimni yollasam ekan, domla?” desa o‘zini taklif etishadi. Qarabsizki, ta’magirlik mutlaqo sezilmaydi. Domla repetitor sifatida pul olaveradi-da!
Yana bir toifasi imtihon-sinovlar oldidan talabalarga kitob tarqatishadi. O‘zinikini yoki biror tanishining kitobini. Talabalar o‘sha kitoblarni domla belgilagan narxda sotib olishga majbur. Ko‘nishmasa imtihondan “qulashadi”.
O‘zingiz tasavvur qilib ko‘ring: talaba kontrakt pulini to‘laydimi, domla cho‘ntagini to‘ldirishga harakat qiladimi... bundan tashqari tirikchilik, ijara haqi, degan gaplar ham bor. Sho‘ring qurg‘ur talaba bu ehtiyojlarni qondirish uchun pulni qaydan topadi?!
Ilmning shu tariqa pulga chaqilgani yomon. Bir jihatdan talabalar kitob o‘qishga o‘zlarida majburiyat sezishmaydi. Pul bo‘lsa bas-da! Ikkinchidan esa domlalar malakasini oshirib borish, talabaga ilm berish mas’uliyatidan mosuvo bo‘ladi. Oxir-oqibatda ma’naviyatga xuddi shu oliy o‘quv yurti ostonasidan darz yetadi.
Xo‘sh ilm sohasidagi poraxo‘rliklarni yo‘qotmoq uchun nima qilmoq kerak? Ma’lumki, Istiqloldan so‘nggi vaqtlarda oliy ta’lim tizimida bir qancha islohotlar o‘tkazildi. Test sinov shakli shularning eng asosiysidir. Binobarin, tizimning o‘zgarishi ayrim nafsi hakalak otgan domlalarning “qora tadbirkorligi”ga uzil-kesil nuqta qo‘ymog‘i darkor edi. Shunday bo‘ldi ham. Ammo... boyvachcha ota-onalar hamon eski davr aqidasi bilan yashamoqdalar. Ularning nazdida — hamma narsaning yo‘li bor. O‘ziga ishonib bolalarini institut sari yo‘llamoqdalarki, farzand qobiliyatiyu iqtidori bilan ularning tariqcha ishi yo‘q. Bu holga e’tiroz bildiruvchi farzand kamdan-kam topiladi. Agar talaba ilmga chanqoq bo‘lsa, o‘z ustida muntazam ravishda ishlab borsa, domla ta’magirlik qilishga botinolmaydi. Hatto talabani hurmat qilishga majbur bo‘ladi ham. Aslida loqaydligu beparvolikning ochiq-oydin namoyon bo‘lishi talabalarga nisbatan hurmatsizlikdir.
Shu o‘rinda misol keltirmoqchiman. Dorilfununda tahsil ko‘rgan chog‘larimizda bir professor bizga saboq berardi. Kattakon portfelini ko‘tarib kelardi-da, mushtiga yo‘talib, mavzuga umuman aloqasi yo‘q gaplardan og‘iz ochardi. Masalan, otasining obkomda ishlagani, talabaligida ertalabki nonushtaga qanday ovqat tayyorlagani haqida... Chidab tinglardik. Shu yo‘sinda fursat o‘taverdi. Oxir-oqibat “portlash” ro‘y berdi — Ulug‘bek Rahimov degan kursdoshimiz dast o‘rnidan turdi-da “Uzr, domla... Bizga bu gaplaringizning umuman qizig‘i yo‘q. Darsingizni o‘tsangiz-chi, axir?!” dedi. Domla bir zum talmovsirab qoldi. “Senga osmondagi oyni uzib beraymi?! Aslida mening ishim yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish. Yoz adabiyotlar ro‘yxatini! Bundan buyog‘iga o‘zlaringiz tayyorlanib kelasizlar!” deb o‘dag‘ayladi. Ammo auditoriyadagi luqmalarni eshitib, popugi pasaydi. Navbatdagi darsda domlaning bizdan hayiqibroq turganiga guvoh bo‘ldik.
Tasavvur qiling: auditoriyada muayyan tayyorgarlikka ega, domlalardan ilm-fandagi yangiliklarni sharhlashni so‘raydigan talabalar o‘tiribdi. O‘tkir nigohlar ostida domla har bir xatti-harakatini o‘ylab yo‘naltirishga intiladi. Gohida layoqati bundayroq bo‘lsa, sovuq ter bosib ketadi. Zotan, “talaba” atamasining ma’nosi ham “talab qilmoq”, ya’ni ilm tolibidir. Inchunun, talab qilishga domlalarmas, ko‘proq talabalar haqli. Ana o‘sha darajaga yetmoq uchun esa puxta tayyorgarlik joiz. O‘qib-o‘rganmoq lozim. Agarda talaba o‘ziga qattiq ishonsa, uni hech qachon imtihon-sinovlardan “qulatib” bo‘lmaydi. Shunday ekan, mazkur illatlarning bir uchi talabalarga, ularning ota-onalariga taqalishi ham aniqdir.
Istiqlol uchun ota-bobolarimiz o‘z jonlarini ayamaganlar. Bugun biz shu ulug‘ saodatga erishdik. Ne-ne to‘kilgan qonlaru kurashlar evaziga qo‘lga kiritgan ozodligimizni qadrlashimiz lozim. Zotan, Beruniy, Az-Zamaxshariy, Forobiy, Mirzo Ulug‘bek avlodlari bo‘laturib, ayrim o‘quv yurtlaridagi haqiqiy ilm yo‘lidan toyishlarni kuzatib beparvo bo‘lish buyuk siymolar ruhiga hurmatsizlik emasmi? Demak, millat kelajagini o‘ylaydigan har bir inson o‘sha illatlar tomirini uzib tashlashga mas’uldir.

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining
2003 yil 44-sonidan olindi.
2003 yil 44-sonidan olindi.
Subscribe to:
Posts (Atom)