Hech tasavvur qilib ko‘rganmisiz? O‘ylaymanki, bu haqda bosh qotirishga vaqtingiz ham bo‘lmagan. Bu borada Google Sketchup xizmatidan foydalanib, bir trillion dollar qanday bo‘lishi haqida oz-moz his qilishingiz ham mumkin.
Keling, avvalo, 100 dollarlik puldan boshlaylik. Ayni paytda umumiy muomalada bo‘lgan AQSh banknotalari ichida bu eng kattasi hisoblanadi. Ko‘pchiligimiz 100 dollarlik pulni ko‘rgan, foydalangan bo‘lsak kerak, albatta. Bugungi kunda hamyoningizda 100 dollar pul bo‘lsa do‘stlar bilan qo‘rqmay biror yaxshiroq kafega borib, bemalol kechki ovqat qilish mumkin.
100 dollarlik pullardan 100 donasini bir joyga jam qilsangiz, uning qalinligi 1 sm ham chiqmasligi mumkin, biroq qiymati 10 000 dollarga teng bo‘ladi. Bu bir “dasta” pul osongina cho‘ntagingizga joylashadi va u bilan siz biror Yevropa mamlakati yoki AQShda bir-ikki hafta mazza qilib dam olishingiz, sayohat qilishingiz mumkin.
Xoh ishoning, xoh ishonmang, keyingi bosqich 1 million dollarga keldi. Chunki, 10 000 dollarlik dastalardan 100 donasi albatta 1 million dollarga teng bo‘ladida! Siz uni oddiy selofan xaltachaga (hammamiz bilgan “AYGEN”ga o‘xshash J) solib, ko‘tarib yurishingiz mumkin.
Bir million dollar kishini ba’zan unchalik ham hayratga solmasligi mumkin, biroq 100 million dollarga kelsak, bu boshqa gap. Buncha pul turistlarning yo‘l xaltasi, ya’ni ryukzaklardan ikki-uchtasiga joy bo‘lishi shubhasiz
Bir MILLIARD dollar… Buncha pulni “yetti uxlab tushingizda ham ko‘rmagan” bo‘lsangiz kerak!..
Maydalashib o‘tirmaylikda, bir TRILLION dollarga o‘taylik. Bunday miqdordagi pul faqatgina AQSh, Xitoy, Yaponiya kabi ba’zi mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti tilga olingandagina ishlatiladi xolos. Jahon valyuta birjasi (FOREX)da bu qiymat tez-tez ishlatilib turadi. Xo‘sh, bir TRILLION dollar yana qayerda ishlatiladi?
2008-yilning IV choragida boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida AQSh hukumati yirik banklar, moliya tashkilotlari va boshqa kompaniyalarni bankrotlik yoqasidan qutqarib qolish uchun qariyb bir TRILLION dollar mablag‘ sarfladi.
Bir TRILLION dollar haqida hech tasavvur qilib ko‘rganmisiz? Albatta, u millionta million degani. U mingta milliard degani. U bitta 1 raqami va ortidan 12 ta nolni ergashtiruvchi sondir. Bir TRILLION – bu, 1 000 000 000 000 degani.

E’tibor qiling, bu yerda katta qutilarga o‘xshash pul dastalari ikki qator qilib taxlangan… va ular 100 dollarlik pullardan iborat.
* Qiziquvchilar uchun mana bu yerda bosqichma-bosqich hisob-kitoblar va o‘lchovlar berilgan.
* AQSh davlat qarzini 100 dollarlik pullar orqali ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, bu yerga kiring.
Manba: www.pagetutor.com

Sizga moliyaviy tashvishlar tugaydimi
ReplyDeleteBiz kredit rasmiylashtirilgan kompaniya hisoblanadi. Biz 2% past foiz stavkasi jismoniy shaxslarga kredit taklif, Biz shaxsiy kredit, biznes kredit, ipoteka kredit taklif etamiz. ko'chmas mulk qarz.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun: berryjoneslender09@yahoo.com: orqali biz bilan bog'laning
imzolangan
Boshqarish.