Kechagina
o’qigan bir yozuvchimning yon daftaridagi bir kichik eslatmaga ko’zim tushib
ketdi. Unda katta harflar bilan “Tafakkurdagi tiniqlikka intil” deb yozib qo’yilgan ekan.
Tafakkurdagi tiniqlik haqida falsafa so’qishdan avval hammasidan eng oddiyi –
tiniqlik haqida o’yladim, hayol qildim o'zimcha...
Unchalik
oson emas ekan u haqda o’ylash. Nima o’zi u? Hamma haqida hukm chiqarish
illatidan qochib, o’zimning o’ta jo’n bo’lsa ham, shaxsiy tasavvurimga murojaat
qilaman. Tiniqlik bu – moviy osmon, ezgu hislar, bezavol tabiat, siniqlik
belgisi tushib ulgurmagan tabassum, ona mehri, og’ir damingda suyanganing
do’stingning yelkasi, qo’rqib ketganda qo’lingdan mahkam ushlab, “Men
yoningdaman” deya qulog’ingga shivirlab aytilgan xitob.. Xullas,
adoqsiz davom ettirish mumkin bu yog’ini.
Sizning
tasavvuringizda mana shu tiniqlik yana yuzlab boshqa timsollarda shakllanishi
mumkin. Muhimi – endi asosiy vazifa. O’sha o’zimiz o’ylab, chizib, bo’yab yoki
bo’yab ulgurmaganimiz – tiniqlik, yoki u deb o’ylaganimiz, va u deb
nomlaganimizni tafakkurga ko’chirish. Hamma gap ana shunda, menimcha.
Tasavvurda buning hammasi oson. Lekin, huddi tiniqlikni ko’chirmoqchi
bo’lganimiz o’sha tafakkurning o’zida ham tiniqlikka qarama qarshi bo’lgan
boshqa bir kuch yastanib yotadi. Uni yengib o’tish, uni o’z joyidan siljitib,
tiniqlikka yo’l ochish – juda mushkul.. Biroq adolat tarozusini teng qo’yish
kerak. Siz unga ham quloq solib ko’rsangiz, uning ham dardi bor. Bu – aldangan damlarimiz, armonga aylanib qolgan
ozrular, yolg’onchi marazlar, sotqin do’stlar, ko’kraging bilan himoya
qilganingda orqangdan pichoq sanchgan masxaraboz yaqinlar, kungaboqar birodarlar…
bularning hammasi misli bir yara
Kafka
bunga yechim taklif etadi. Uning aytishicha, miyada va tafakkurda qanchalik
dahshat hukmron bo’lmasin, uning bizga real
bir havf solishi uchun yurakdan miyaga quyiladigan qon va tiriklik bongi
ham unga hizmat qilishi kerak. Demak, kalit bizning qo’limizda. Yurakni har
doim ham miyaga tobe’ qilib qo’ymasak, bo’lgani. Yurak chaqirig’iga tez-tez
quloq solib turish kerak ekan.. Achinarlisi, tafakkurga tomon intilayotgan
bechora tiniqlikning yolg’iz posboni ham shu – yurak. Qaniydi uni tinglash va
anglash baxti hammaga birdek nasib etsa...
No comments:
Post a Comment